Serenko teraktlar xavfi haqida: bugungi kunda IShID tarafdorlari O‘zbekistonda yashamoqda

Rossiyalik siyosatchi Andrey Serenko Markaziy Osiyo davlatlariga qaratilgan terrorchilik tashkiloti jangarilarining taxdidlari haqida o‘z fikrlarini aytib berdi.
Sputnik

Zamonaviy Afg‘onistonni o‘rganish markazining yetakchi eksperti Andrey Serenkoning so‘zlariga ko‘ra, teraktlar xavfi sobiq ittifoqning har qanday davlatida, xususan Rossiya, Tojikiston, O‘zbekistonda ham mavjud.

“IShID tarafdorlari bugungi kunda mamlakatlarimiz ichida - Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonda  yashamoqda: teraktni amalga oshirish uchun Afg‘onistondan kelishga hojat yo‘q. Bugun Afg‘oniston hududidan Markaziy Osiyo xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid haqida gapirish uchun hech qanday asos yo‘q”, - dedi Serenko Sputnik Tojikiston efiri chog‘ida.

Siyosatchining to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Serenko teraktlar xavfi haqida: bugungi kunda IShID tarafdorlari O‘zbekistonda yashamoqda