Namanganliklar hayajonda: Mirziyoyev kortejni to‘xtatib, xalq ichiga kirib bordi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan aholisi o‘z prezidenti - Shavkat Mirziyoyevni katta hayajon ila qarshi olganliklari aks ettirilgan ko‘psonli videolar tarqalib ketdi
Sputnik

TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Namangan viloyatiga tashrif chog‘ida prezident korteji kutilmaganda To‘raqo‘rg‘on tumani dehqon bozori yonida to‘xtadi. Davlat rahbari xalq ichiga kirib borib, odamlar bilan samimiy muloqot qildi. 

Namanganda velosiped va motosikllar ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror qilish, aholi turmush darajasini oshirish yo‘lidagi islohotlar xalq bilan bamaslahat davom ettirilishini ta’kidladi. Jumladan, Namangan viloyatining har bir tumaniga katta miqdorda investitsiyalar kiritish, yangi korxonalar, sanatoriylar, maktablar qurish, ishchi joylar yaratish bo‘yicha ulkan loyihalar boshlanganini aytib o‘tdi. 

Odamlar Prezidentimiz tashrifidan benihoya xursand bo‘lib, islohotlar natijalari har bir sohada sezilayotganini bildirdi. Namangan viloyati, umuman, mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik izhor etdi.

Ta’kidlash kerakki, xalq bilan muloqot qilish, hamisha xalq bilan birga bo‘lish Shavkat Mirziyoyevning o‘ziga xos imiji.  Prezident har bir hududga, jumladan, 2017-yilda To‘raqo‘rg‘on tumaniga tashrifi chog‘ida ham odamlar bilan muloqot qilgan.