Moskvada shafqatsiz o‘yin: Tergov qo‘mitasi ko‘pkari o‘tkazilishi bo‘yicha tekshiruv boshladi

O‘tgan haftada Moskva ippodromida ilk bor ko‘pkari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Undan keyin internetda va ayrim OAVlarda hayvonlarga shafqatsiz munosabat haqida shikoyatlar paydo bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Moskva ippodromida hayvonlar bilan shafqatsiz munosabat haqida kelib tushgan xabarlarni o‘rganish maqsadida tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berdi.

Moskvada yuz kishi ishtirokida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi

24 fevral kuni Moskva ippodromida kok-boru bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yin o‘tkazildi. Musobaqa rossiyaliklarni bu sport turi bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.

O‘sh, Jalolobod, Talas va Issiq-ko‘ldan kelgan 4 ta jamoa kuch sinashdi. Ushbu o‘yinni ko‘rish maqsadida minglab tomoshabinlar kelishdi.

Musabaqadan so‘ng internetda otning og‘iz qismi jarohatlangani tasvirga olingan suratlar paydo bo‘ldi. Bu haqda ayrim OAVlar xabar tayyorlashdi. Change.org saytida petitsiya joylashtirildi.

Moskva ippodromining Facebook sahifasida esa musobaqa faqat Qirg‘iziston kok-boru bo‘yicha Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilganligi haqida xabar paydo bo‘ldi.