Profilaktika inspektori bolalarga hayvonlarga ozor bermaslikni o‘rgatdi

Mushukchaga ozor bergan bolakay bundan buyon hatto suvaraklarni ham o‘ldirmaslikka va’da berdi.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Marina Lukyanova ismli fuqaro Feysbukda unig havlisida bolalar mushuklarga ozor berishayotganini xabar qilgan edi. Mushuklar taqdiriga befarq bo‘lmagan ushbu uy aholisi profilaktika inspektoriga murojaat qilishadi, IIBB xabariga asosan.

"Inson bo‘l" #ozorberma ijtimoiy tadbiri boshlandi

- Bugun soat 15:15 larda bizning hovlimizga uchastka noziri keldi. U bir o‘zi emas, forma kiygan “jiddiy amaki”  bilan  birga keldi, deb hazilomuz hikoya qiladi Marina.

"Mushuklarni xo‘rlagan bolalarni va ularning ota-onalarini topdik. Mening qo‘limda haligi ozor yegan mushukcha edi. Biz bolalar bilan profilaktika suhbati o‘tkaza boshladik.

Forma kiygan kishi bolalarni biroz cho‘chitish uchun, jiddiy ovozda “hozir hamma uy-uyiga borib narsalarini olib keladi va biz militsiya bolalar xonasiga boramiz”, - dedi. U buni shunchalik ishonch bilan aytdiki, hatto men ham biroz cho‘chib ketdim.

Shumlik qilgan bolalardan birining onasi qattiq urisha boshladi, yana biri baland ovozda yig‘lab mening qo‘limdagi mushukchadan kechirim so‘ray boshladi. Yig‘i aralash u bundan buyon barcha kuchsizlarni himoya qilishni, hatto uyidagi suvaraklarni ham o‘ldirmasdan parvarish qilishni va’da berdi. Bundan uning onasi qah-qahlab kulib yubordi. Ota-onalar bolalar bilan suhbatni uyda davom ettirishni va’da berishdi.

Oliy Majlis hayvonlarni himoya qilish haqidagi petitsiyani ko‘rib chiqadi

Jazo chorasi sifatida bolalar darsdan so‘ng bir hafta davomida hovlini supurish va mushuklarga ovqat berish bilan shug‘ullanishga kelishib oldik”, - deb yozadi feysbuk foydalanuvchisi.  

Voqea ana shunday yaxshi yakunlandi. Bolalarga o‘z vaqtida o‘z o‘z qilmishi uchun javob berishga to‘g‘ri kelishini tushuntirib qo‘ygan yaxshi. Undan tashqari, haqiqiy erkak kishi hech qachon kuchsizlarga ozor bermaydi.

Aytish joizki, O‘zbekistonda hozirga qadar hayvonlarni odamlarning shafqatsiz munosabatida himoya qiluvchi qonun qabul qilingani yo‘q. O‘tgan yilning noyabr oyida Mening Fikrim tashabbuslar saytida ushbu haqida qoldirilgan petitsiya 10 000 dan ko‘p ovoz to‘plagan edi. Qonunga binoan shuncha ovoz to‘plagan petitsiyalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va taaluqli qonunlar qabul qilinishi kerak.