TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Toshkent-Amritsar yo‘nalishida uchgan Uzbekistan airways aviakompaniyasiga tegishli bort raqami UK-67007 bo‘lgan Boeing 767-3CB(ER) samolyoti Toshkent shahriga qaytdi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi.
Samolyot Toshkentdagi aeroportga soat 12:35 da muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirgan.
Qayd etilishicha, samolyotning ortga qaytishiga Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani natijasida ikki mamlakat ustidagi tranzit parvozlarning to‘xtatilishi sabab bo‘lgan.
Amritsar Hindistonning shimoliy-g‘arbida joylashgan bo‘lib, Pokiston bilan chegaralariga yaqin shahri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirgani haqida xabar qilingan edi. Pokiston TIV Islomobod o‘z-o‘zini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini ma’lum qilgan edi.