“O‘zbekiston havo yo‘llari” bayram munosabati bilan 50 foizlik chegirmalar e’lon qildi

Chegirmalar 2019-yilning 21-martdan 24-martga qadar barcha yo‘lovchilar uchun ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga taqdim etiladi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK “Navro‘z” bayrami munosabati bilan dam olinadigan kunlar 21-martdan 24-martga qadar barcha yo‘lovchilar uchun hamma ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga bayram chegirmalarini taqdim etishini e’lon qildi.

O‘zbekiston havo yo‘llari Boeing bilan yangi shartnoma imzoladi

Bayram chegirmalari quyidagi kishilarga taqdim etiladi:

- Individual yo‘lovchilar uchun — 30 foiz;

- Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari,O‘zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun — 40 foiz;

- Oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) — 50 foiz;

- Pensionerlar va nogironlar uchun — 50 foiz;

- 1941−1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun — 50 foiz;

- Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar uchun — 50 foiz.

Qayd etilishicha, chegirmali aviachiptalarni chegirmalarni olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan holda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining rasmiy ofislarida xarid qilish mumkin.