Rossiya va Belarus birlashib, Katta Rossiya vujudga keladimi?

Putin va Lukashenkoning muzokaralari g‘arbliklar jazavasini qo‘zg‘adi
Sputnik

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Rossiya va Belarus prezidentlarining uchrashuvi Katta Rossiya paydo bo‘lishi uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin, qator omillar shunga ishora qilmoqda, deya xabar tarqatmoqda bugun dunyoning obro‘li nashrlari. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Belarus bilan hamkorlikni qay tarzda davom ettirishi borasida "Vyetnam televideniyesi"ga intervyu berdi. 

Suverenitet muhokama qilinmaydi

Ilgariroq Sochida Vladimir Putin bilan o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng Aleksandr Lukashenko mustaqillik mavzusi uchrashuv davomida ko‘tarilmaganini aytgan edi.

AQSh Yevropada qurol joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarni AQShga yo‘naltiradi - Putin

"Biz birlik, urinishlarimizni, davlatlarni va xalqlarni birlashtirishda siz qanchalik tayyor bo‘lsangiz shunchalik oldinga qadam qo‘yishga tayyormiz. Gapimga quloq soling, biz ertagayoq birlashishimiz mumkin, bizda muammo yo‘q, lekin sizlar, rossiyaliklar va belaruslar bunga tayyormisiz?", - deya ritorik savol bilan murojaat qilgan edi Belarus prezidenti.

Vyetnam jurnalistlari Rossiya tashqi ishlar vaziridan Belarus yetakchisining bayonotiga baho berishni so‘rashdi hamda Rossiya bu singari qadamga tayyorligi xususida savol berishdi.

Moskva va Minsk kelishib oladi

Sergey Lavrovning fikriga ko‘ra, ushbu mavzu atrofida hissiyotlar jo‘sh urmoqda, jurnalistlarning ko‘pi esa o‘zlari ko‘p narsani to‘qib, oshirib yozmoqdalar. Rossiya pozitsiyasi esa oddiy va Belarus prezidentinikidan farq qiladi.

"Belarus va Rossiya o‘rtasida Ittifoqdosh davlat tuzish to‘g‘risida kelishuv mavjud. Unda Ittifoqdosh davlat asosi bo‘lgan kelishuvlar bayon etilgan. Bular asosan iqtisod, moliya, siyosat sohalari va tashqi siyosat yo‘nalishlariga aloqador", - deya aniqlashtiradi RF TIV rahbari.

Aleksandr Lukashenkoning samolyoti sotuvga qo‘yildi

Shundan so‘ng u o‘tgan yil Rossiya va Belarus prezidentlari integratsiya masalalari bo‘yicha Ishchi guruh tashkil etish to‘g‘risida qarorni qabul qilgan edilar. Hozirda uning doirasida kelishuvlarning qay biri bajarilayotganini aniqlashtirish uchun tekshiruv olib borilmoqda.

Bundan tashqari ishchi guruhi Rossiya va Belarusning hozirgi bosqichdagi taraqqiyotini hisobga olgan holda, ushbu yo‘nalishda yana nimani amalga oshirish mumkinligi borasida imkoniyatlarni o‘rganmoqda.

"Bu yerda gap faqat shu haqda bormoqda. Shu bois biz Belarus bunga qay darajada tayyor bo‘lsa, shu darajada hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz", - deya aniqlik kiritgan Lavrov.

Intervyu yakunida Rossiya TIV rahbari "belarus tomoni ham xuddi shundan kelib chiqib harakat qilayotganini" ta’kidlagan hamda "demak, biz nimagadir kelisha olamiz. Men bunga ishonaman", -deb qo‘shimcha qilgan.