"Maftun bo‘ldim": koreyalik jurnalist O‘zbekiston haqida kitob yozdi

Kitob muallifi Chve Xi Yong Koreyaning O‘zbekiston haqidagi "UzKor Economy" jurnali jurnalistidir
Sputnik

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. Koreyada O‘zbekistonga sayohat qilish haqidagi 464-sahifali qalin kitob chop etildi. Kitob O‘zbekistonga maftun bo‘ldim deb nomlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonga kelganda, albatta boriladigan 10ta joy

Kitob muallifi Chve Xi Yong Koreyaning O‘zbekiston haqidagi "UzKor Economy" jurnali jurnalistidir.

U 2018-yil davomida O‘zbekistonga 6 marotaba sayohat qildi va Koreya kitobxon ommasiga O‘zbekistonni keng yoritish maqsadida ushbu kitobni yozgan.

Kitobning prolog qismida O‘zbekistonda 2018-yilning fevral oyida joriy qilingan vizasiz tashrif tizimi turizm sohasida yuz bergan eng so‘nggi yangilik va o‘zgarishlar keltirilgan.

Birinchi bob Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Shahrisabz, Farg‘ona, Termiz kabi O‘zbekistonning asosiy tarixiy turistik shaharlaridagi e’tiborga sazovor joylar bilan tanishishga bag‘ishlangan.

Ikkinchi qismida prezident Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga bo‘lgan rasmiy tashrifidan keyingi ikki mamlakat doiralarining sayohatlari haqida batafsil hikoya qilinadi.

"Maftun bo‘ldim": koreyalik jurnalist O‘zbekiston haqida kitob yozdi