Denisenko: Mirziyoyev islohotlari tufayli Rossiyaga o‘zbek migrantlari oqimi pasaydi

NIU VShE Demografiya instituti rahbari o‘rinbosari Mixail Denisenko Rossiyadagi migrantlar soni bo‘yicha Tojikiston birinchilikka chiqqani to‘g‘risidagi Rosstat ma’lumotlariga izoh berdi.
Sputnik

Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, RF ishlovchi har to‘rtinchi rasmiy migrant Tojikiston fuqarosi hisoblanadi. Ilgariroq xorijiy ishchilar soni bo‘yicha tuziladigan reytingda Ukraina yetakchilik qilardi.

Rossiyada qonunbuzar migrantlar uchun yangi jazo turi joriy etilishi mumkin

Denisenkoning so‘zlariga ko‘ra, bu statistikada migrantlarning RFda yashashi davomiyligi bilan bog‘liq ma’lum jihatlar mavjud. Xususan, Rosstat Rossiyada 9 oy va undan ko‘proq muddatda ishlayotgan shaxslar sonini hisobga oladi. Umuman olganda esa o‘zbekistonliklar hamon reytingga yetakchilik qilmoqda.

"O‘zbekistonliklar hozir ham Rossiyaga ishlashga faol kelmoqda, ammo ular bu yerda uzoq vaqtga qolishmayapti. Buni, meni fikrimcha, mamlakatda yangi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan islohotlar bilan izohlash mumkin. U tomonidan iqtisodni liberallashtirish va biznesni boshqarish shartlarining yaxshilanishiga qaratilgan kurs o‘z samarasini bermoqda. O‘zbekiston — salmoili resurslarga boy davlat, u yerda hozir ko‘plab jozibali loyihalar amalga oshirilmoqda, yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda. Shu bois Rossiyaga kelayotgan migrantlar oqimi yuqori bo‘lsa-da, uning tuzilmasi va xarakteri o‘zgarmoqda", - dedi iqtisodchi Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

O‘Denisenkoning so‘zlariga ko‘ra, o‘ navbatida, tojik migrantlari aksincha, chet elda faol ishlashdan manfaatdor, sababi, vatanga yuborilayotgan pul o‘tkazmalari avvalgi kabi ular oilaviy daromadining salmoqli qismini, davlat miqyosida esa budjetning kattagina qismini tashkil etib kelmoqda.