Bu yil g‘alla uchun 1,6 baravar ko‘p haq to‘lanadi – prezident

Prezident boshchiligida o‘tgun majlisda qulay ob-havo sharoiti, mineral o‘g‘itlardan foydalanish va suvni tejab ishlatish natijasida - bu yil g‘alla hosilini 30 %ga oshirish belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Kecha 25-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida g‘alla yetishtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Paxta, g‘alla, meva-sabzavot va yangi klasterlar: hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Majlisda eng asosiy masalalardan biri - bug‘doyning xarid narxi ham muhokama qilindi. Xususan, bu yil fermerlarni rag‘batlantirish uchun bug‘doyning har bir tonnasi uchun 1 million 200 ming so‘m haq to‘lanishi e’lon qilindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,6 barobar yuqori xarid narxidir.

Majlisda ishtirok etgan soha mutasaddilari va  viloyatlar rahbarlariga, bu yil g‘alla hosildorligini kamida 30%ga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Saraton keltirib chiqaruvchi asosiy ikki oziq-ovqat aniqlandi

Bu yil hyespublikada buning uchun barcha sharoitlar mavjud: yog‘ingarchilik miqdori ikki marotaba yuqori, suv omborlarida o‘tgan yilga nisbatan 2-3 barobar ko‘p suv yig‘ilgan. Undan tashqari g‘allani 10-martgacha azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish bo‘yicha yangi texnologiyalarni joriy etish hamda joylarda zarur agrotexnik tadbirlarni izchil amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, majlisda 2018-yili ob-havo o‘ta issiq va quruq kelganiga, janubiy viloyatlarda suv tanqis bo‘lganiga qaramay – fermerlar har gektardan o‘rtacha 45 sentnerdan hosil olinib, jami 5 million 200 ming tonnadan ortiq g‘alla yetishtirgani qayd etildi.

Prezident ishtiroikdagi videoselektor yig‘ilishi bayonotining to‘liq matni bilan quyida tanishing.