Urgutda tuzlama mahsulotlarini iste’mol qilgan 16 yashar o‘smir vafot etdi

Samarqand viloyatining Urgut tumanida bir oila a’zolari uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salatni iste’mol qilib, oilaviy zaharlandi.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Samarqand viloyatining Urgut tumanida uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salatdan zaharlanish oqibatida 16 yashar o‘smir vafot etdi.

Jizzaxda sakkiz kishi tuzlamadan zaharlandi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2019-yil 23-fevral kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi ayol uyida kechki ovqat vaqtida, oila a’zolari bilan birgalikda uy sharoitida tayyorlangan pomidor va bodring mahsulotlaridan tayyorlangan salatni iste’mol qilib, oilaviy zaharlanganlar.

“Natijada ular kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 16 yoshli nabirasi D.D. vafot etgan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatining Sh.Rashidov tumanida uy sharoitida tayyorlangan pomidor mahsulotini (tuzlama) iste’mol qilish oqibatida 8 kishi zaharlangan edi.