Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan sud majlisi boshlanadi

Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 16 kishi kishi halok bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Moskva okrug harbiy sudi 25-fevral, dushanba kuni 2017-yil Sankt-Peterburg metrosida terakt uyushtirganlar ustidan birinchi sud majlisini o‘tkazadi, deb xabar qildi RIA Novosti sud matbuot xizmatiga tayanib.

Sud majlisining tayyorlov qismida sud majlisi ishtirokchilari yangi guvohlar, ekspertlar yoki mutaxassislar chaqirish, ashyoviy dalillar va hujjatlar talab qilib olish yoki qo‘shimcha dalillar to‘g‘risida iltimosnoma keltirishlari mumkin.

Teraktda gumonlanayotgan Azimov yetti sinfni tamomlaganligi ma’lum bo‘ldi

2017 yil 3-aprel kuni Sankt-Peterburg metrosining "Sennaya ploshad" va "Texnologicheskiy institut" bekatlari orasida vagon ichida portlash sodir bo‘ldi. Fojiada 16 kishi, jumladan, xudkush terrorchi Akbarjon Jalilov qurbon bo‘ldi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Qara-Suu tumanidan bo‘lgan Sirojiddin Muxtarov Sankt-Peterburg metrosida uyushtirilgan terakt buyurtmachisidir. Hozirda u sirtdan hibsga olingan. Shuningdek, o‘zbekistonlik Bobirjon Mahbubov ham terakt tashkilotchilaridan biri sifatida sirtdan hibsga olingan.

FXX Abror Azimovning akasini qo‘lga olinishi videosini namoyish qildi

Mazkur jinoiy ish yuzasidan Sayfulla Hakimov, Shohista Karimova (ushbu jinoiy ish yuzasidan qo‘lga olingan yagona ayol), Akram Azimov i Mahamadusuf Mirzaalimov, Abror Azimov, Dilmurod Muidinov, Sodiq Ortiqov, Azamjon Mahmudov, Bahrom Ergashev, Ibragim Ermatov i Muhamadusuf Ermatov ayblanuvchi sifati sud qilinadi.

Tergov Abror Azimovni ham terakt tashkilotchilaridan biri deb hisoblaydi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning ukasi Akram Turkiyada terakt sodir etish uchun xalqaro terrorchi guruhning faol ishtirokchisidan pul olgan, so‘ngra xudkushga o‘tkazgan.