Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilishida fojia sodir bo‘ldi

Narvon qulashi natijasida quruvchilar 60 metr balandlikdan tushib ketishdi.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Markaziy Osiyoda eng yirik masjidi qurilishida 9 nafar ishchi balandlikdan tushib ketishdi. Bu haqda Tojikiston favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot kotibi Umeda Yusufi xabar qildi.

O‘zbekistonga Tojikiston mahsulotlarini eksport qilish hajmi kamaydi

Uning so‘zlariga ko‘ra, narvon qulashi natijasida quruvchilar 60 metr balandlikdan tushib ketishdi.

Sakkiz nafar jarohatlangan ishchilar shifoxonaga yotqizildi.

Yana bir ishchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Bu ishchi o‘zini yaxshi his qilayotgani sababli shifoxonaga yotishdan bosh tortdi.

Tojikiston poytaxtida yaqin vaqtlarda Markaziy Osiyoda eng yirik masjid qurilishi o‘z nihoyasiga yetadi. Uning maydoni 6 gektar bo‘lib, bu yerda bir vaqtda 120 ming kishi ibodat qilishi mumkin bo‘ladi.