Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilandi

Eskiz interyera stroyashegosya mnogofunksionalnogo ledovogo kompleksa Humo Arena v Tashkente
Humo Arenaning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat bo‘lib, u 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Toshkentdagi “Xumo” muz sporti arenasi 15-mart kuni ochilishi rejalashtirilmoqda. Buni Sputnik muxbiriga O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi tasdiqladi.

“Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilangan. Yirik sport majmuasi ochilish marosimiga MDH davlatlaridan oliy martabali mehmonlar kelishi kutilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Xumo Arena qurilishi 2017yilda boshlangan edi. Sport majmuasida xokkey, short-trek, figurali uchish va korling kabi qishgi sportlar bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, shuningdek, konsert, ko‘rgazma va forumlar tashkil qilinishi mumkin.

Pojarniy tushit ogon
Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi hududida yong‘in ro‘y berdi

Xumo Arena 7 qavatdan iborat bo‘lib, uning umumiy maydoni 82 ming metr kvadrat. Majmua 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek u yerda 1600 o‘rinli avtoturargoh bor.

Bino qurilishida 4 mingdan ortiq ishchilar ishlagan, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlardan 10 dan ortiq hamkor kompaniyalar jalb qilingan.

Humo Arena umumiy qiymati - 1,5 trillion so‘m bo‘lib, undan 185 million AQSh dollari - xorijiy investitsiyalardir.

Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilandi
Humo Arena ochilishi 15-mart kuniga belgilandi