Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi

Shahram G‘iyosov professional ringda o‘tkazgan yettinchi jangida yettinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 24 fev - Sputnik. O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov Meksikaning Tixuana shahrida 23-fevral kuni bo‘lib o‘tgan jangda meksikalik raqibini texnik nokautga uchratdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi.

Shahram G‘iyosov meksikalikka qarshi ringga ko‘tariladi

Edgar Puerto beshinchi raundda Shahramning ketma-ket zarbalaridan so‘ng muvozanatni yo‘qotdi. Hakamlar meksikalik bokschining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmaslik uchun, bahsni to‘xtatishdi va jangda Shahram g‘olib deb e’lon qilindi. Eslatib o‘tamiz, ushbu jang 10 raunddan iborat bo‘lishi kerak edi. 

Ushbu jang Shahram G‘iyosov uchun professional ringda o‘tkazilgan yettinchi jang va yettinchi g‘alaba bo‘ldi. Edgar Puerto uchun esa 38 jangda ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shu vaqtga qadar Puerta - 25 ta g‘alaba, 11 ta durang, 1 ta mag‘lubiyatga uchragan edi.