Oliy sud raisining o‘rinbosari o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi

Oliy sud raisining o‘rinbosari, Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 22 fev – Sputnik. O‘zbekiston Oliy sud raisining o‘rinbosari, Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov 21-fevral kuni o‘z xizmat xonasida qo‘lga olingan. Bu haqda “RIA Novosti”ga huquq tartibot organlaridagi manbaa ma’lum qildi.

Samarqand viloyatida bosqinchi guruh qo‘lga olindi

Bahodir Dehqonov Oliy Majlisning Senati tomonidan 2017-yil 27-may kuni besh yil muddatga Oliy sudi raisining o‘rinbosari – Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangandi. U o‘z vazifasiga 2017-yilning 1-iyunida kirishgan.

Bundan avval, Bahodir Dehqonov Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.