Rossiyada ikkinchi milliarder ayol paydo bo‘ldi

Wildberries internet magazini asoschisi Tatyana Bakalchukning mulki 1,2 milliard dollarga baholanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev - Sputnik. Rossiyada ikkinchi milliarder ayol paydo bo‘ldi deb xabar qildi Forbes jurnali bugun o‘z sahifasida.

Erkaklarning maoshlari qancha bo‘lishi kerak – ayollar javobi

Runetdagi eng yirik internet magazin – Wildberries kompaniyasi asocchisi Tatyana Bakalchuk Rossiyaning eng boy ayollari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bugungi kunda Wildberries kompaniyasi qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil qiladi.

Forbes ro‘yxatining birinchi qatorida, hali ham Moskva shahrining sobiq hokimi Yuriy Lujkovning rafiqasi Yelena Baturina joylashgan.

Wildberries kompaniyasining yagona mulkdori Tatyana Bakalchukning mulki bir yil oldin 600 million dollarga baholangan edi. o‘tgan yil davomida Wildberries o‘z daromadini ikki baravar oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 2018-yilda kompaniya daromadi 1,7 milliard dollarni tashkil qildi.

Qurollangan ayollar: turli mamlakatlarning ayol askarlari

O‘tgan yil davomida kompaniya Rossiya hududida 1000 dan ortiq buyurtma berilgan tovarni o‘zi olib ketish markazlarini ochdi. Hozir Wildberries magaziniga tegishli bo‘lgan “o‘zi olib ketish markazlarining” umumiy soni 2799 tadan iborat.

Undan tashqari Wildberries Moskva viloyatida 145 ming kvatdart metrmaydonda logistika markazi qurmoqda. Kompaniya saytiga bir oyda 60 million kishi tashrif buyuradi.             

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu muvaffaqiyatga Tatyana o‘z kuchi bilan erishgan. Uning asli kasbi ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan. 2004-yilda u turmush o‘rtog‘i Vladislav bilan o‘z biznesini boshlagan. Dastlab ular Otto va Quelle kataloglaridagi buyumlarni sotish bilan shug‘ullangan, keyinchalik o‘z assortimentini kengaytirishgan. Boshida ularning o‘z kvartirasi omborxona vazifasini bajargan.