TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Jozef Votelni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Prezident AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilayotgan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Qurolli kuchlari shtablari boshliqlarining konferensiyasi ilk bor Toshkentdao‘tkazilayotgani hamda bugungi davrning eng o‘tkir muammolaridan biri – Afg‘onistondagi qurolli mojaroni muhokama qilish va uni hal etishga yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqish uchun maydon ekanini ta’kidladi.
Shuningdenk, uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik hamda xavfsizlik sohasidagi sheriklik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni ushbu tadbir yakunida tomonlar mintaqada tinchlik va farovonlikni ta’minlash yo‘lida konstruktiv sheriklikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan strategiyani ishlab chiqishlariga ishonch bildirdi.