Qozog‘iston O‘zbekistondan anor mevasini olib kirishni taqiqladi

So‘nggi paytlarda inspektorlar tez-tez mevada zararkunandalar, xususan, kosmtok qurti borligini aniqlashgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Qozog‘iston 19-fevraldan mamlakatga O‘zbekistondan anor mevasini olish kelishni vaqtinchalik taqiqladi, deb xabar qildi Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati.

Qozog‘iston Rossiyaning ayrim hududlaridan parranda mahsulotlari olib kirishni ta’qiqladi

Qayd etilishicha, so‘nggi paytlarda inspektorlar tez-tez mevada zararkunandalar, xususan, kosmtok qurti borligini aniqlashgan.

Joriy yilning so‘nggi oyi mobaynida Qozog‘iston O‘zbekiston hududidan karantin obyekti komstok qurti bilan zararlangan anor olib kelinganligining ikkita holatini aniqlagan.

Ma’lumot uchun: Komstok qurti, kometok chervetsi (Psiudococcus comstocki Huw.) — koksidiyalar kenja turkumiga kiradigan hasharot, ichki va tashqi karantin obyekti. Tanasi oq mumsimon parda bilan qoplangan. O‘simliklarning tanasi, poyalari, shoxlari, barglari, kurtaklari, shona, g‘uncha, gullari, mevalariga zarar yetkazadi.