TIV Moskvadagi mushtlashuv bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 2019-yil 17-fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi hodisada vafot etganlar ism-shariflariga aniqlik kiritdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi konsullik-huquqiy departamenti Moskva shahrida yuz bergan holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Konsullik bo‘limi 2019-yil 17-fevral kuni Moskva shahrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokidagi hodisada vafot etganlar ism-shariflariga aniqlik kiritdi:

TIV Moskvada o‘zbekistonliklar ishtirokida yuz bergan mushtlashuv bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

1. Nusratov Nodirbek G‘ulomqodirovich, 1989-yil 29-oktabrda tug‘ilgan;

2. Jamolitdinov Ziyodulla Ruziboy o‘g‘li, 1992-yil 11-mayda tug‘ilgan.

Z.Jamolitdinov jasadi hech qanday hujjatga ega bo‘lmagan noma’lum shaxs deya yetkazilgan.

Fuqaro Nusratov Otabek (24.10.1987) jarohati tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda, deyiladi TIV xabarida.