Putin AQSh bilan munosabatlarni qanday baholadi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘inga yo‘llagan murojaatnomasida AQSh va Rossiya munosabatlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yig‘inga yo‘llagan murojaatnomasida AQShning Rossiyaga nisbatan siyosatini do‘stona deb atash ehtimoldan uzoqligi qayd etdi. RIA Novosti xabariga asosan.

“Chalg‘ima!” – Putin Tatariston prezidentiga ikki marta tanbeh berdi – video

Vladimir Putin o‘z nutqida so‘nggi yillarda AQShning Rossiyaga nisbatan yuritayotgan siyosatini do‘stona deb atash ehtimoldan uzoqligini, Rossiya manfaatlari e’tiborga olinmayotganligi, Rossiyaga qarshi xalqaro normalar nuqtayi nazaridan noqonuniy yangidan yangi sanksiyalar joriy etilayotganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Rossiya yetakchisi AQSh bilan adovatda bo‘lishdan Rossiya manfaatdor emasligini ta’kidladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-fevral kuni Federal yig‘inga yillik murojaatnomasini yo‘lladi. Tadbirda Federal yig‘in a’zolari, mintaqa rahbarlari, jamoatchilar, jurnalistlar ishtirok etishdi.