Navoiyda sudya qo‘l ostidagi xodimni kaltakladi

Viloyat sudida texnik xodim sifatida faoliyat ko‘rsatadigan D.N. ayni vaqtda Navoiy viloyat shifoxonasi xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. Ma’muriy ishlar bo‘yicha Navoiy viloyat sudi raisi O.T. 15-fevral kuni qo‘l ostida ishlovchi xodimi D. N.ni ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepkiladi.

Bu ma’lumotni Sputnik O‘zbekiston agentligiga Bosh prokuratura tasdiqladi.

Prokuratura tekshiruvi: suv xo‘jaligi korxonalari faoliyatida jiddiy kamchiliklar aniqlandi

“Jabrlangan fuqaro prokuraturaga ariza bilan murojaat qildi. Mazkur holat bo‘yicha Navoiy shahar prokuraturasida tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda”, - deb ma’lum qilindi Bosh prokuratura matbuot xizmatida.

Viloyat sudida texnik (AKT) xodim sifatida faoliyat ko‘rsatadigan D.N. ayni vaqtda Navoiy viloyat shifoxonasi xirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

“Sud tibbiyot ekspertizasi tayinlandi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atmaslik masalasi hal qilinadi", — deb qo‘shimcha qilindi Bosh prokuraturada.