TOShKENT, 19 fev - Sputnik. O‘zbekistonda ot sportini rivojlantirish bo‘yicha prezident qarori imzolandi.
Ushbu qarorga asosan 2019-2020 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablarini (keyingi o‘rinlarda – bolalar-o‘smirlar ot sporti maktablari) bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi qoshida yuridik shaxs maqomiga ega Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion seleksiya-genetika markazini (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tashkil etiladi.
Bolalar va o‘smirlar ot sporti maktablari birinchi navbatda ippodromlar hududida tashkil etiladi.
Shuningdek, ot sporti maktablari uchun bo‘sh turgan yer uchastkalari va davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan ham foydalaniladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ot sportini rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amlaga oshirilmoqda. Xususan, yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tashkil etilgan.
Undan tashqari Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida Qorabayir zotli otlarini, Toshkent viloyatida Axaltaka zotli va sport otlarini yetishtirish va ko‘paytirish majmualari tashkil etilgan.
Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.