O‘zbekistonda 8-sinf o‘quvchisi 11,3 million so‘m o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda

Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro do‘koniga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, u yerdan 11,3 mln so‘m va “Samsung” rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonda 8-sinf o‘quvchisi 11,3 million so‘m va mobil telefon o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Samarqand viloyatida bosqinchi guruh qo‘lga olindi

“2018 yil 6-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilib, unda 2018-yil 16-noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning Navobod qishlog‘ida joylashgan do‘koniga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, u yerdan 11 300 000 so‘m puli va “Samsung” rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlog‘ida yashovchi, 21-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.