Rossiyada harbiy xizmatchilarga gadjetlardan foydalanish ta’qiqlandi

Davlat Dumasi harbiylarga foto va videoga oluvchi va internetga ulanuvchi qurilmalardan foydalanishni taqiqladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi harbiylarga OAV va internetda xizmatga doir ma’lumotlarni joylashtirishni ta’qiqlovchi qonun qabul qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Davlat xizmatchilariga Google, Yahoo va WhatsApp dasturlaridan foydalanish ta’qiqlanadi

Qonun mualliflariga ko‘ra, harbiy xizmatchilar o‘zga mamlakatlar maxsus xizmatlari, turli terrorchi va ekstremistik guruhlar uchun qiziqish uyg‘otishi mumkinligi tufayli ushbu qonunni qabul qilishgan.

Yangi qonun harbiylarga OAV va internetda o‘zi va boshqa harbiylar haqida, ular joylashgan manzili haqidagi ma’lumotlarni, jumladan foto va video materiallarni hamda xizmatga doir boshqa ma’lumotlarni tarqatishni ta’qiqlaydi.

Ushbu ta’qiqlar barcha harbiylar uchun, jumladan vaqtinchalik yig‘inlarga jamlanganlar uchun ham ta’qiqlanadi.

Shu bilan birga harbiy xizmatchilarga o‘zlari bilan foto va videoga oluvchi va ma’lumotlarni internetga uzatuvchi har qanday elektron gadjetlar olib yurishni ta’qiqlaydi.

Dumaning Mudofaa qo‘mitasi raisi Vladimir Shamanov aytishiga qaraganda ushbu choralar harbiylarning shaxsiy xavfsizligi hamda armiyaning umumiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil smartfon va fitnes-qurilmalari uchun yozilgan Strava dasturi tufayli AQShning harbiy bazalari va boshqa yashirin obyektlari joylashgan manzillar keng jamoatchilikka oshkor bo‘lgan edi.