Toshkentda avtomobillar Davlat xizmatlari agentligida ro‘yxatga olinadi

Joriy yilning 1-aprelidan Toshkent aholisi yangi avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini Davlat xizmatlari agentligida olishlari mumkin bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev - Sputnik. Joriy yilning 1-aprelidan Toshkent aholisi Davlat xizmatlari agentligida yangi avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Bir hafta ichida 2 milliard so‘mlik “chiroyli” raqamlar sotildi

Transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (avtomototransport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish) hozircha YHXB ixtiyorida qoladi, biroq yaqin vaqtlarda IT-infratuzilmalar ustida olib borilayotgan ishlar yakuniga yetishi bilan u ham Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, "Xalq qabulxonalari" negizida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan. Bugungi kunda Toshkentda 11 ta “Yagona darcha" faoliyat yuritadi va avtotransport vositalarini ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini olish uchun ulardan biriga murojaat qilish mumkin.