TOShKENT, 17 fev – Sputnik. Moskvada Janubi-Sharqida 10 nafar O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan mushtlashuvda 2 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 17-fevral kuni Volgograd prospektida joylashgan binolarning biri oldida mushtlashuv sodir bo‘lgan. Unda 1989-yilda tug‘ilgan fuqaro halok bo‘lgan, ikkinchi fuqaro esa - kasalxonada vafot etgan.
Tergovchilar aniqlashiga ko‘ra, mushtlashuv avtomobil yuvish shaxobchasi ishchilari orasida oldin sodir bo‘lgan mojaro va maishiy janjal tufayli kelib chiqqan.
Ushbu jinoyat yuzasida Rossiya JKning 111 moddasining 4 bandi bo‘yicha – “Inson tanasiga ataylab og‘ir jarohat yetkazish oqibatida odam o‘ldirish” - jinoyat ish qo‘zg‘atildi, - dedi Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva shahar bo‘limi xodimi Yuliya Ivanova.
Ayni damda ushbu jinoyat tafsilotlari o‘rganilmoqda, tergov ishlari davom etmoqda.