Tojikiston yanada ko‘proq alyuminiy ishlab chiqaradi

Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Ne’matullo Xikmatullozodaning so‘zlariga ko‘ra, respublikada alyuminiy ishlab chiqarish hajmini 95,8 ming tonnadan 149 ming tonnagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Tojikiston 2019-yilda alyuminiy ishlab chiqarish hajmini 1,6 baravarga ko‘paytirmoqchi. Bu haqda Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Ne’matullo Xikmatullozoda matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Tojikiston O‘zbekistondan gaz sotib olishni 4 baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, shu yilda 149 ming tonnaga alyuminiy ishlab chiqariladi.

2018 yilda respublikada 96 ming tonna ishlab chiqarilgan.

“Biz alyuminiy ishlab chiqarish hajmini 149 ming tonnagacha yetkazmoqchimiz. Bu o‘tgan yilga nisbatan 53,1 ming tonnaga ko‘pdir”, - dedi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilda 2017-yilga nisbatan 7,2 ming tonna kamroq ishlab chiqarildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, asbob-uskunalar eskirganligi va texnologik muammolar sababli ishlab chiqarish hajmi kamaygandi.

“2018 yilda 199 million dollarlik 95 ming tonna alyuminiy eksport qilindi. Metalning 80 foizi Turkiyaga sotildi”, - deb qo‘shimcha qildi Xikmatullozoda.