"Sevishganlar kuni" qizigan chog‘da Toshkentda fohishalarga ov uyushtirildi

O‘tkazilgan tadbirlar davomida 34 nafar ayol qo‘lga olingan. Ularning barchasi fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanmoqda
Sputnik

TOShKENT, 15 fev -Sputnik. Toshkentda 13-fevraldan 14-fevralga o‘tar kechasida fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanayotgan 34 nafar ayol qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot-xizmati.

U fohishalar va yolg‘iz ayollarni qutqaradi: toshkentlik ayol-militsioner bilan uchrashuv

Ayollarning barchasi ko‘ngilochar maskanlar va mehmonxonalar yonida qo‘lga olingan. Ularning eng katta qismi Chilonzor va Uchtepa tumanlarida ushlangan: xususan, Qatortol ko‘chasidagi "Shuhrat" chorrahasida, Al-Xorazmiy krugi oldida. Bundan tashqari, ayollarning 9 nafari Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari chorrahalarida (Mirobod tumanida) qo‘lga olingan. Bektemir tumani - "Qo‘yliq" bozori yonida va Yashnabod tumanida jami 8 nafar ayol qo‘lga olingan.

Ayollarning 6 nafarini IIBB xodimlari Yunusobod tumanida Amir Temur ko‘chasida to‘xtatishgan.

Bu ayollarning 24 nafari ilgari ham O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190 moddasi (fohishalik bilan shug‘ullanish) bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

"IIBB xodimlarining kechki va tungi paytlarda o‘tkazayotgan reydlari dunyodagi eng ko‘hna kasb deya atalmish fohishalik bilan shug‘ullanishda gumonlanayotgan xotin-qizlarni aniqlashdangina iborat emas. Asosiy maqsad - ularni bu singari hayot tarziga nima majburlaganini aniqlashdir. Ehtimol ular hunarga yoki kasb-korga ega emasdir, balki yaqinlari bilan munosabatlari buzilgandir, yaqinlari kasalligi tufayli shu ish bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgandir...", - deyilgan idora xabarida.

Toshkent IIBB shuningdek,Yu "fohishalar bilan tartibsiz aloqalar nafaqat oila buzilishiga olib kelishi, balki jiddiy yuqumli kasalliklarni ham yuqtirib olish xavfini tug‘dirishini" ham eslatib o‘tgan.