Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumonlangan Telia boshliqlaridan ayblov olib tashlandi

Ekspertlar tomonidan pora miqdori 300 million yevro atrofida baholangandi.
Sputnik

TOShKENT, 15 fev – Sputnik. Bugun, 15-fevral kuni Stokgolm sudi Telia telekommunikatsiya kompaniyasining  uch nafar sobiq rahbarlaridan ayblovlarni olib tashladi. Bu haqda RIA Novosti SVT telekanaliga asosan xabar qildi.

Gulnora Karimovaning sobiq eri uning millionlariga da’vo qilmoqda

2007-2010 yillar mobaynida Telia Sonera sobiq direktori Lars Nyuberg va  sobiq direktor o‘rinbosari Tero Kivisaari va kompaniyaning yuristi pora berishda gumonlangan.

Ekspertlar tomonidan pora miqdori 300 million yevro atrofida baholangandi.

Prokuratura organlari tomonidan O‘zbekistonda biznes yuritish imkoniyatiga ega bo‘lish maqsadida ular Gulnora Karimovaga pora berganlikda gumon qilingan edi.

“Kompaniyaning uch nafar rahbarlaridan barcha bandlar bo‘yicha ayblovlar olib tashlandi”, - dedi sud vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prokuratura Gulnora Karimova pozitsiyasida telekommunikatsiya sohasiga bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish vakolati bo‘lganligini isbotlab bera olmadi.