O‘zbekistonda 1-martdan temir yo‘llari chipta narxi oshadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” ushbu chora har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha harajatlarni qoplashga bog‘likligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev - Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2019-yilning 1-martidan boshlab “Afrosiyob” tezurar poyezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshishini ma’lum qiladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

"O‘zbekiston temir yo‘llari"ga yangi rahbar tayinlandi

“Bu o‘z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha harajatlarni qoplash va poyezdda xizmat ko‘rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to‘lashga zamin yaratadi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, narxlarni tartibga solish o‘z navbatida poyezd yo‘nalishlar sonini ko‘payishiga olib keladi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni doimiy ravishda ta’minlab turadi.

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi yo‘nalishlarni ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va yo‘lovchilarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda.