TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Samarqandda Nexia avtomobili Volvo rusumli ekskavator ishtirokida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Natijada ikki kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qildi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.
Hodisa joriy yilning 11-fevral kuni soat taxminan 06:00 da sodir bo‘lgan.
Fuqaro M.M. o‘z boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinani “Jomboy-Eshimoqsoq” 4P-48 yo‘lining 11 kilometrida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan, fuqaro A.D. boshqaruvidagi Volvo rusumli ekskavatorga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, Nexia rusumli avtomashina haydovchisi M.M. va yo‘lovchisi M.H.lar jarohat olib, hodisa joyida vafot etganlar.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda