Endi Qirg‘izistondan Rossiyaga go‘sht olib kirish mumkin

Rossiya Qirg‘izistondan go‘sht olib kirish bo‘yicha 12-yil oldin joriy qilingan cheklovni bekor qildi. Endi Qirg‘iziston korxonalar o‘z mahsulotlarini Rossiyaga eksport qilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev – Sputnik. Rossiya Federal veterinariya va fitosanitariya nazorat xizmati Qirg‘izistondan go‘sht olib kirish bo‘yicha 2007-yilda joriy etilgan cheklovlarni bekor qildi. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

Hayvon so‘yish va aholiga go‘sht yetkazib berishga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Qirg‘izistonda oqsim kasalligi bo‘yicha epizootik holat yaxshilanganligini hisobga olgan holda 11-fevralda bu qaror qabul qilindi.

2007 yilda go‘sht, go‘sht mahsulotlar, ozuqa va ularning qo‘shimchalarini olib kirish bo‘yicha cheklovlar joriy etilgandi.  

Qirg‘iziston davlat inspeksiyasi rahbari Kalis Jumakanov so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonda so‘nggi uch yil ichida veterinariya xizmati tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida epizootik holat yaxshilandi. Bu haqda Rossiya tomoni xabardor etildi.

“Qirg‘izistonda o‘tkir yuqumli kasallliklar qayd etilmadi, shuningdek oqsim kasalligi bo‘yicha epizootik vaziyat ijobiy holatda”, - deyilgan Davlat inspeksiyasida.

Vaqtinchalik cheklovlarni bekor qilinishi natijasida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoq ro‘yxatiga kirgan korxonalar tomonidan go‘sht eksport qilinishi mumkin.