Amerikaliklar uchun osh va Afrikadagi quduqlar: Chikagoda o‘zbeklar qanday hayot kechirishmoqda

O‘zbek-amerika assotsiatsiyasi o‘z faoliyatini 10-yil avval Chikagoda o‘zbekistonlik emigrant uyi yerto‘lasida boshlagan. Bugungi kunga kelib uning bayramlariga minglab kishilar tashrif buyuradi.
Sputnik

TOShKENT, 14 fev - Sputnik, Kseniya Nabatkina. O‘zbek-amerika assotsiatsiyasi prezidenti Olim Sharipov Sputnik O‘zbekistonga bergan intervyusida okean ortida istiqomat qila turib, qay tarzda o‘z madaniyatini saqlab qolish va madaniy tadbirlarida amerikaliklarni qatnashtirish mumkinligi haqida hikoya qildi.

Assotsiatsiya – bu AQShga ko‘chib o‘tgan o‘zbeklar, jumladan, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa davlatlar o‘zbeklarining ko‘ngilli birlashmasi. Assotsiatsiya a’zolarining ayrimlari AQShda tug‘ilishgan, lekin ularning bobo va bobo kalonlari Markaziy Osiyodan bo‘lishgan.

“Bizning tashkilot 2009-yilda tashkil topgan, faoliyatimizni 1970-yilda bu yerga ko‘chib kelgan bir o‘zbek uyining yerto‘lasida boshlaganmiz. Uning ismi Sherahiddin Nasafi. Uning qarindoshlari Stalin davrida Afg‘oniston orqali O‘zbekistondan qochib, Amerikaga kelib qolishgan. Ushbu tashkilotni barpo etish tashabbusi unga tegishli. Biz uning yerto‘lasida to‘planar edik va har kuni bu yerdagi vatandoshlarimizga qanday yordam berish va ular uchun nima qilish mumkinligi muhokama qilar edik”, - deydi Sharipov.

Oradan 10-yil o‘tib assotsiatsiya asosiy faollarini 10 nafar o‘zbek tashkil etadi, biroq assotsiatsiya tomonidan tashkil etilgan tadbirga yuzlab kishilar keladi. “Plov day” tadbiriga 300 nafarga yaqin mehmonlar kelganini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. “Plov day” tadbirida oshning turli xili - toshkentcha, buxorocha, samarqandcha oshni tatib ko‘rish mumkin edi. O‘zbeklardan tashqari ruslar, ukrainlar va MDHning boshqa davlat vakillari ham tashrif buyurishdi. Sharipovning so‘zlarga ko‘ra, amerikalarga o‘zbek milliy taomi manzur kelgan va ular tahsinlar o‘qishgan. Ko‘zlangan asosiy maqsad ham shundan iborat – AQSh aholisini o‘zbek madaniyati bilan yaqindan tanishtirish, do‘stlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish. Shuningdek, o‘z o‘rnida urf-odatlarni unutib qo‘ymaslik.

Amerikaliklar uchun osh va Afrikadagi quduqlar: Chikagoda o‘zbeklar qanday hayot kechirishmoqda

Sharipov hisobiga ko‘ra, Chikago va uning atrofida jami 2-3 mingga yaqin o‘zbek oilalari istiqomat qilishadi. Assotsiatsiya o‘zbek madaniyat markazida mazkur oilalar uchun turli tadbirlar o‘tkazib keladi.  Ayollar klubi, oqsoqollar birlashmasi, dam olish kuni maktabi bunga misol bo‘loladi. Ushbu maktabda migrant farzandlari yakshanba kunlari o‘zbek ekanliklarini unutib qo‘ymasliklari uchun o‘zbek tilini o‘rganishadi. Shuningdek, u yerda turli seminarlar o‘tkaziladi. Aytish joizki, ushbu seminarlarda vatandoshlar Amerika haqida foydali bilim olishlari mumkin. Ularga soliq, sug‘urta, biznes yuritish qoidalari haqida ma’lumot beriladi. Ularning migratsion muammolarini hal qilishda yordam berishadi.

Amerikaliklar uchun osh va Afrikadagi quduqlar: Chikagoda o‘zbeklar qanday hayot kechirishmoqda

Chikagoda yashab kelayotgan o‘zbeklar vatanini unutishmagan va u yera sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib borishadi.

“O‘zbekistonda bo‘layotgan voqealarni kuzatib boramiz, axir u yerda qarindoshlarimiz va yor-birodarlarimiz yashashadi. Men tashkilot rahbari sifatida prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil sentabr oyida Nyu-Yorkka kelib, vatandoshlar bilan uchrashganda, u bilan ko‘rishgan edim. Hozirda O‘zbekistonda viza olish tizimi soddalashtirib, hujjatlarni onlayn tarzda viza olish uchun topshirish imkoniyati paydo bo‘lgani juda yaxshi bo‘ldi”, - deya qayd etdi Sharipov.

Mirziyoyev o‘zining tashrif chog‘ida assotsiatsiyaga qo‘lda chizilgan Registon suratini hadya etdi. Endilikda u markaz binosidagi maktabni bezatib turibdi.

Amerikaliklar uchun osh va Afrikadagi quduqlar: Chikagoda o‘zbeklar qanday hayot kechirishmoqda

Ba’zan AQShdagi vatandoshlar nafaqat vatanda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatishadi, balki xayriya aksiyalarini tashkil qilishadi. Ular O‘zbekistondagi maktab o‘quvchilar uchun o‘zbek tilida insho yozish tanlovini o‘tkazishdi. Ishtirokchilardan olti nafari mukofotlandi: birinchi o‘rin sohibi 200 dollar, ikkinchi o‘rin sohibi 100 dollar, yana to‘rt kishi 50 dollar miqdorida pul mukofti bilan taqdirlandi. Shuningdek, assotsiatsiya ishtirokchilari Qashqadaryo viloyati Kasbiy tumanidagi maktablardan birining kam ta’minlangan o‘quvchilariga maktab formasini xarid qilishdi.

Assotsiatsiyaning boshqa yirik xayriya loyihasi Afrika aholisiga yordam berishga qaratilgan: Chikagoda yashovchi, o‘zgalar muammosiga befarq bo‘lmagan o‘zbeklar mablag‘ to‘plashdi. Bugungi kunga kelib uchta quduq qazilib, mahalliy aholi ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin: nima sababdan aynan afrikaliklarga quduq qazib berildi, O‘zbekistonda qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan hududlar ham bor-ku, axir.

Xayrli ish: chikagolik o‘zbeklar afrikaliklarga qay tarzda yordam berishmoqda

“Biz suvga juda ham muhtoj bo‘lgan hududlarni izladik. Afrika aholisi esa juda qashshoq. U yerdagi uylar qanaqaligini ko‘rganmisiz? O‘zbekistonda barchasi ancha yaxshi, lekin biz O‘zbekistonga ham yordam berishga tayyormiz”, - deya ma’lum qildi Sharipov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bilan turli loyihalarda hamkorlik qilishda qog‘ozbozlikka doir ko‘plab muammolar hozirgacha yuzaga kelmoqda, shuning uchun chikagolik faollarga mamlakatda hujjatlarni rasmiylashtirish kabi masalani o‘z zimmasiga olishga tayyor yordamchilar lozim.

Mart oyida assotsiatsiya o‘n yilligini nishonlash – chikagolik o‘zbeklarning yaqin kelajakdagi rejalari. Ushbu o‘n yillik sanani Navro‘z bayramida nishonlashmoqchi, shuning uchun sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlanadi. Oshpazlar bilan allaqachon kelishib qo‘yilgan. Qo‘shiq va raqs bo‘lishi muqarrar. Sharipovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistoning AQShdagi elchixonasi vakillari va boshqa davlat diplomatlari bayramga tashrif buyurishni va’da qilishgan. Shuningdek, barcha xohlovchilarni ham kutib qolishadi, albatta. Chunki o‘zbek mehmondo‘stligi Amerikada ham o‘zbek mehmondo‘stligicha bo‘lib qoladi.