O‘zbek harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbek harbiylari baland tog‘ hududlarida o‘qotar qurollardan foydalanish mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar
Sputnik

TOShKENT, 13 fev - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Toshkent harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda askarlarning tog‘ tayyorgarligi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini yangicha yondashuv asosida tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rgazmali mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

Yumshoq tajovuz: AQSh bilan harbiy hamkorlik O‘zbekistonga qanday xavf tug‘diradi

Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati ofitserlari, harbiy okruglar qo‘mondonlarining o‘rinbosarlari, oliy harbiy ta’lim muassasalari tog‘ tayyorgarligi yo‘riqchilari hamda tegishli vazirlik va idoralarining soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjuman avvalida, Surxonondaryo viloyatida 2000-yilgi jangovar harakatlarda mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlar yodga olinib, xotira majmuasiga gulchambar qo‘yildi.

Anjuman qatnashchilari mashg‘ulotlar davomida tog‘ yo‘nalishlari bo‘ylab 20 km masofaga marsh uyushtirdi, deb xabar qilmoqdi vazirlik matbuot-xizmati.

Katta Chimon hududida tog‘ to‘siqlarini oshib o‘tishni tezlashtiruvchi va yengillashtiruvchi vositalardan foydalanish usullari, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish, jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va ularni tog‘li hududlarda xavfsiz joyga ko‘chirish, baland tog‘ hududlarida o‘qotar qurollardan foydalanish kabi o‘quv joylarida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida ilmiy-amaliy anjumanda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilarga Mudofaa vazirligi tomonidan fahriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zbek harbiylari ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi