Tojikistonda ajrashishlar soni ko‘paydi: asosiy sabablar

Ajrashishlarning asosiy sababi – ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, migratsiya va qarindoshlarning oila hayotiga aralashuvi.
Sputnik

TOShKENT, 13 fev – Sputnik. Tojikistonda 2018-yilda ajrashishlar soni ko‘paydi. Bu haqda Tojikiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Idigul Kosimzoda ma’lum qildi.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilda 11 mingdan ortiq oila ajrashib ketdi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 10 ming 100 ta bo‘lgan.

Ajrashishlarning asosiy sababi – ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, migratsiya va qarindoshlarning oila hayotiga aralashuvi.

O‘zbekistonda 30 mingdan ziyod oila ajrashishga ariza bergan

Kosimzoda qo‘mita xodimlari bu vaziyatni to‘g‘rilashga astoydil harakat qilishmoqda. Muntazam ravishda oilalar bilan tushuntirish suhbatlari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, oliygoh talabalari bilan oila qadriyatlari va tojik oila an’analarini tushuntirish ishlari olib borilmoqda.  

Shu bilan birga, mamlakatda nikohlar soni ko‘paydi. O‘tgan yili ZAGS organlariga 82,6 mingdan ortiq juftliklar murojaat qildi. 2017-yilda bu ko‘rsatkich 78,8 ming bo‘lgandi.

Tojikiston Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, respublika aholisi xorijiy fuqarolar bilan oila qurish soni kamaydi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yilda xorijiy fuqaro bilan oila qurish atigi 220 ta holat qayd etilgan. Bunga 2011-yilda Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar asosiy sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30 mingdan ziyod oila ajrashishga ariza berganligi haqida xabar bergandik.