O‘zbekiston Gruziyaga paxta eksportini kamaytirdi

Gruziya va O‘zbekiston vazir o‘rinbosarlari darajasida iqtisodiy hamkorlikka bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.
Sputnik

TOShKENT, 12 fev - Sputnik. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov Gruziya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Xvtisiashvili bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Gruziya va O‘zbekiston tadbirkorlari nimalarni muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Gruziya TIVlari muzokaralarning 11 raundi doirasida ikki mamlakat orasidagi savdo-iqtisodiy, investitsion va turistik hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida tomonlar 2018-yil davomida ikki mamlakat iqtisodiy munosabatlari hajmi O‘zbekiston paxta tolasi eksporti kamayishi oqibatida, qisqarganinia qayd etishdi. Shu bilan birga, tomonlar kelajakda hamkorlikning ulkan istiqbollari borligi qayd etishdi.

Xususan, Xvtisiashvili bugungi kunda Gruziya aeroport, yo‘llar va dengiz portlarida olib orilayotgan ulkan rekonstruksiya ishlari natijasida, kelajakda ularning transport infratuzilmasi Markaziy Osiyodan Yevropaga yuklar tranzitida ulkan rol uynashi mumkinligini xabar qildi.

Gruziya O‘zbekiston uchun tranzit yuk tashish narxini ikki baravarga arzonlashtirdi

Shuningdek Gruziya vakili O‘zbekistonda yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatib borayotganini o‘z o‘z yurtida o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar tajribasi bilan bo‘lishishga tayyorligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston tomoni qishloq xo‘jaligini klaster tizimi asosida rivojlantirishga o‘tganini hamda Gruziya tomonini O‘zbekiston hududida paxtachilik, vinochilik va bog‘dorchilik sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirishga chorladi.

Tomonlar kelajakda O‘zbekiston  va Gruziya hududida tashkil qilinadigan iqtisodiy forumlarda suhbatni davom ettirishga kelishib olishdi.

O‘zbekiston Gruziyaga paxta eksportini kamaytirdi