TOShKENT, 12 fev - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi toliblar vakillari Afg‘onistondagi saylovlarda ishtirok etishini xohlamoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.
Moskva toliblar vakillari Afg‘onistondagi saylovlarda ishtirok etishini xohlar edi, deb aytgan RF TIVning ikkinchi Osiyo departamenti direktori, Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Qobulov.
"Ular (Tolibon) vakillari ishtiroki maqsadga muvofiqdir, lekin ularning prinsipial yondashuvi boshqa maqsadni o‘z ichiga oladi - ular hozirda Afg‘onistonda amalda bo‘lgan Konstitutsiyani to‘liq hajmda tan olmaydilar", - deb aytgan Qobulov matbuot-anjumani vaqtida.
Rossiya prezidentining maxsus vakili shuningdek, Moskva "Tolibon" bilan Afg‘onistonda "ID" terroristik uyushmasiga qarshi kurashda hamkorlik qilishi mumkinligini ham aytib o‘tgan.
Ammo Qobulovning ta’kidiga ko‘ra, toliblar bu hamkorliksiz ham "Afg‘onistonda ishidchilarni muvaffaqiyatli yo‘q qilmoqda".