TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Atirau viloyati ichki ishlar departamenti boshlig‘i Ayan Duysembayev mikrorayonlardan birida ayol kishining jasadi topilganligini ma’lum qildi. Sputnik Qozog‘iston xabariga asosan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ayol O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan.
“Qotillikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan. Tergov sababli boshqa ma’lumot oshkor etilmayapti”, - deb ta’kiladi Duysenbayev.
Hokimiyat vakillari bilan aholi bilan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda tumanda istiqomat qiluvchi shaxslardan birining so‘zlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgandan keyin aholi ko‘chaga chiqishga ko‘rqib qolgan.
26 yanvar kuni qabriston hududida ko‘rpaga o‘ralgan ayolning jasadi topildi. Ayolning ko‘krak qafasi qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.