O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Ixtiyor Abdullayev salomatligi tufayli Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimidan ozod etildi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev – Sputnik. Mudofaa vaziri lavozimida bo‘lgan Abdusalom Azizov DXX raisi etib tayinlandi. Bu xabarni Sputnik agentligiga Mudofaa vazirligida tasdiqlashdi.

"Abdusalom Azizov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Bu haqda prezident farmoni imzolangan”,  - deb ma’lum qildi agentlik suhbatdoshi.

2018 yil yanvar oxirida Shavkat Mirziyoyev MXX raisi lavozimiga, tashkilotga 1995-yildan beri rahbarlik qilib kelgan Rustam Inoyatov o‘rniga Ixtiyor Abdullayevni tayinlagandi.

Abdusalom Azizov 2017-yil sentabr oyida Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangandi.