TOShKENT, 11 fev – Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Chimon” hududida qor ko‘chkisi xavfi haqida ogohlantirdi.
Vazirlikning rasmiy saytida qayd etilishicha, "Chimon" hududida 2019-yilning 11-fevral soat 08:00 dan 12-fevral soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.
“Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va "Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oxirida Toshkent viloyatida uch nafar snoubord sport turi bilan shug‘ullananuvchi kishi taqiqlangan xavfli hududda harakatlanishlari natijasida qor ko‘chkisi yuzaga kelgan, oqibatda ular qor uyumlari ostida qolib vafot etganlar.