Atom elektr stansiyasi bilan faxrlanish kerak – ekspert

Toshkentda “O‘zatom” va “Rostatom” mutaxassislari uchun  o‘tkazilgan dastlabki seminar atom elektr stansiyasini qurish uchun maydon tanlash masalasiga bag‘ishlandi.
Sputnik

TOShKENT, 11 fev - Sputnik. O‘zbekistonning birinchi atom elektr stansiyasi milliy loyiha bo‘lib, undan faqat faxrlanish  kerak, deydi MAGATE eksperti Jorj Haddad, “O‘zatom” agentligi xabariga asosan.

MAGATE Toshkentda AES xavfsizligi bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda

Hadad aytishiga qaragandan dunyoning hech bir mamlakatiyoki muassasasi AES ni mustaqil qurmaydi. Shuni tushunish zarurki, AES ko‘pchillik bilan birgalikda quriladigan loyiha. Uning ustida olib borilayotgan ishlarni boshqa idoralar bilan ham muvofiqlashtirish kerak.

MAGATE ekspertlari fikriga ko‘ra, bo‘lajak AES uchun maydon tanlash masalasiga jiddiy yondashish va ushbu ishni o‘ta sinchikovlik bilan bajarish juda muhimdir. Ular MAGATE AES qurilishining seysmologik, gidrologik, metrologik, geotexnik omillar va boshqa jihatlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazish imkoniga ega ekanini qayd etishdi. 

Eslatib o‘tamiz, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) seminari Toshkentda 4-6 fevral  kunlari bo‘lib o‘tgan edi. “O‘zatom” va “Rostatom” mutaxassislari uchun  o‘tkazilgan dastlabki seminar O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish uchun maydon tanlash masalasiga bag‘ishlandi.