Volgogradlik fuqaro o‘z uyida Stalingrad urushi muzeyi tashkil qildi

Volgogradlik Aleksandr Yegorov o‘z uyining podvalida Ikkinchi jahon urushi vaqtiga doir minglab topilmalarni jamladi.
Sputnik

Yegorov muzeyida ham sovet ham nemis askarlarining barcha qurollari, kiyim boshlari va hatto kundalik hayotda foydalangan buyumlarigacha jamlangan. Askarlar kiyim boshlari va qurollarini 40 nafar manekenlar namoyish qilishadi. Ularning yuz ifodalari o‘ta tabiiy qilib yasalgan, ba’zida hatto tirik deb o‘ylash ham mumkin.

Kolleksiyada, barcha kalibrli o‘q-dorilar, snarad va minalar ham bor. Jumladan nemislar tomonidan Stalingradga otilgan  211 millimetrli  eng kattya snaradlar ham.