Rossiyada 2018 yilda eng ko‘p sotilgan avtomobillar nomi e’lon qilindi

O‘tgan 2018-yilda Rossiya avtombil bozorida salkam 13 %ga o‘sish kuzatildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. U yoki bu avtomobilni sotib olish haqida qaror qabul qilgandan, har bir xaridor albatta avtomobil tashqi ko‘rinishi, materiallar sifati  hamda ishonchliligi va eng muhimi uning narxiga e’tibor beradi. 

Kelajak avtomobili qanday bo‘lishi kerak?

Raqobat mavjud bo‘lgan bozorda ishlab chiqaruvchilar istasa ham istamasa ham – chiroyli va sifatli avtomobillarni arzon narxlarda ishlab chiqarish yo‘lidan borishga majbur bo‘ladilar. 

Rossiyada o‘tgan yilda sotilgan avtombillar soniga ko‘ra, eng muvaffaqiyatli ishlab chiqaruvchilar qo‘yidagilar bo‘lgan:  AvtoVAZ - jami 360 ming, Kia - 227 ming, Hyundai - 178 ming, Renault -137 ming, Volkswagen - 113 ming, Toyota - 108 ming, Skoda - 81 ming va Nissan - 80 ming dona avtomobil sotgan. 

Eng ko‘p sotilgan avtomobil modellari quyidagi tartibda joylashgan: 

 Model 2018 (dona)2017 (dona)o‘sish %
1Lada Vesta 108 364 77 291+40
2Lada Granta106 32593 686+13%
3Kia Rio100 14896 689+4%
4Hyundai Creta67 58855 305+22%
5Hyundai Solaris65 58168 614–4%
6Volkswagen Polo59 45048 595+22%
7Lada Largus44 07233 601+31%
8Renault Duster41 40943 828–6%
9Skoda Rapid35 08929 445+19%
10Lada XRAY34 80733 319+4%

Ochiq statistik ma’lumotlar asosida tayyorlandi.