TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumanida 15 yoshli qizning jasadi bo‘g‘ilish izlari bilan uyida topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Tergov–tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan 20-yoshli E.A. ushlangan.
Hozirda jinoyatning sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.