TOShKENT, 8 fev – Sputnik. Samarqand shahrida dori-darmon vositalarini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi A.T. IIBga murojaat qilib, shu yil 25-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Beruniy ko‘chasida joylashgan korxona omborxonasidan umumiy qiymati 242 952 533 so‘mlik, 129 turdagi dori-darmon vositalarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Jomboy tumani Xashdala ko‘chasida yashovchi A.A. va Muqimiy 7-berk ko‘chasida yashovchi Z.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan”, - deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.