TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi shu oy may oyiga rejalashtirilmoqda.
“Xalq so‘zi” nashrining xabar qilishicha, bu haqda “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasiga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Frank-Valter Shtaynmayerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgan edi. Federal prezident shu yil bahorida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgan edi.