Qirg‘iz deputati bo‘rilarni endi tanklar yordamida otishni taklif qilmoqda

Sal oldin bo‘rilarni vertolotdan otishni taklif qilgan deputat yirtqichlarni yo‘q qilishning innovatsion usulini o‘ylab topdi
Sputnik

TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Bo‘rilarni vertolot orqali otishni taklif qilgan qirg‘iz parlamenti deputati Qamchibek Joldoshboyev, yangi g‘oyani ilgari surmoqda - endi u bu ishni taklar yordamida amalga oshirishni taklif qilmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Qoraqalpog‘istonda qutirgan shoqol odamlarga va uy hayvonlariga tashlanmoqda

Sovuq qish ob-havosi tufayli bo‘rilar odamlar uchun xavf tug‘dirmoqda.

"Ular tog‘ echkilarini yeb bo‘lib, endilikda ochlik tufayli odamlar yashaydigan ovul va hovlilarga hujumga o‘tishmoqda", - deb aytgan parlamentariy hamda ushbu masala bo‘yicha keskin choralar ko‘rishni talab qilgan.

Sal oldin bu deputat, "ular bizga qarindosh emas", deya bo‘rilarni vertolotdan turib otishni taklif qilgan edi.

"Ammo vertolotdan turib bo‘rilarni otishning iloji yo‘q, shu bois, keling endi bo‘rilarni tanklar yordamida otamiz", - deya taklif qilgan deputat.