Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi

Bolalar uyi tarbiyalanuvchisi Aleksandr Borisov nomidan prezidentga "yozilgan xat" ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilganidan so‘ng IIBB xodimlari uni qidirib topishdi.
Sputnik

TOShKENT, 7 fev - Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimlari bolalar uyi tarbiyalanuvchisi Aleksandr Borisovni qidirib topishdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi

Biroz oldin go‘yoki Borisov nomidan prezidentga “yozilgan xat” ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilgan edi. Xatda yotoqxonada uni kaltaklashlari tufayli ko‘chada yashashga majbur bo‘layotganini, pasportini o‘g‘irlab ketishgani va IIBB xodimlari  uni hujjati yo‘qligi uchun doim bo‘limga olib ketishlariga “arz qilgan”.

Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari Aleksandr Borisovni qidirib topishdi va unga yordam berishdi. U yuvinib, sochini oldirib biometrik pasportga suratga tushdi. Ayni damda u 58 sonli poliklinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Ko‘rikdan so‘ng unga ishga joylashishda yordam berishadi. Huquqni saqlash organlari xodimlari Borisovning yotoqxonasidagi vaziyat bilan ham tanishib chiqishni va’da berishgan.

Mirziyoyevga “xat yozgan” uysiz bola kim ekani aniqlandi

Toshkent shahar IIBB multimedia markazi  xodimlari uning nomidan prezidentga yozilgan xatni ko‘rsatishganda, Borisov xatni u yozmaganini va uni internetda kim tarqatganidan xabari yo‘qligini ta’kidladi.

Undan tashqari yosh yigit pasportini o‘zi yo‘qotib qo‘yganini va ba’zan alkogolli ichimliklar ichib turishini ham xabar qilgan. Buni Borisov oldin ishlagan shirkat xodimlari ham tasdiqlashgan.

IIBB xodimlari Borisov taqdiridan doimiy ravishda xabardor bo‘lib turishni va’da berishmoqda.