O‘zbekistonda 1-martdan boshlab biznes yuritish osonlashadi

O‘zbekistonda 1-martdan boshlab masofadan turib tadbirkorlik yuritish imkoni paydo bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. O‘zbekistonda 2019 yilning 1-martidan boshlab tadbirkorlik va biznes yuritish sohasida bir qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshadi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi  qarorda aytib o‘tilgan. 

Xususan, tadbirkorlarni ro‘yxatga olish tartibi osonlashadi.Ular hato masofadan turib ro‘yxatdan o‘tishlari, bankda hisob raqamlari ochishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda tadbirkor bo‘lish osonmi

Ikkinchidan, qurilishga ruxsat olish jarayoni osonlashadi. Xususan, yer maydonlarini auksionda olish tartibi va ulardan foydalanish tarbi osonlashadi.

Elektr tarmoqlariga ulanish jarayonida ham bir qator yengilliklar bo‘lishi kutimoqda.    

To‘rtinchidan, mol-mulkni ro‘yxatga olish tartibi, kadastr ishlarini yuritish ham osonlashadi.

Aksionerlarning huquq va imkoniyatlari kengaytiriladi. Ularga jamiyat a’zosini yetkazgan zarari uchun javobgarlikka tortish huquqi beriladi.

Shuningdek xalqaro sado va shartnomalarni ijro etish borasida ham bir qator o‘zgarishlar nazarda tutilgan.  

Prezident qarorining to‘liq matni bilan quyida tnishishingiz mumkin.